Foydalanuvchilar uchun shartnoma

Hamkorlini boshlash talablari

1.1 Bizning web sayt, telegram bot va boshqa loyihalarimizdan ro'xatdan o'tgan har qanday shaxs ushbu shartnomaga rozilik bildirganini anglatadi.

1.2 Ushbu shartnoma hizmat ko'rsatuvchi tomonidan istalgan hizmat ko'rsatuvchining bir tomonlama chiqargan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.

1.3 Hizmat ko'rsatuvchi shartnomaning bekor qilinish sababini maxfiy saqlash huquqiga ega.

Taqiqlangan materiallar bilan ishlash

2.1 Biz O'zbekiston qoidalariga muvofiq O'zbekiston hududida ishlatilishi taqiqlangan barcha mahsulotlarni taqiqlaymiz.

2.2 Bizning mahsulotlarimizdan foydalanishda har hil pornografik ma'lumotlardan foydalanish, yaratish, qayta ishlash, tarqatish taqiqlanadi.

2.3 Bizning platformadan turli hil teroristik ma'lumotlardan foydalanish, yaratish, qayta ishlash, tarqatish taqiqlanadi.

2.4 Biz hech qanday bukmeker, moliyaviy piromida, pul yuvish loyihalarini qo'llab quvvatlamaymiz. Foydalanuvchi tomonidan bizning hosting yoki platformaga bunday loyihalar qo'shish va joylash taqiqlanadi.

2.5 Foydalanuvchi ushbu taqiqlangan ma'lumotlardan foydalanganda shartnoma hizmat ko'rsatuvchi tomonidan bekor qilinadi.

Hizmat ko'rsatuvchining majburiyatlari

3.1 Hizmat ko'rsatuvchi hosting hizmatlarini yetkazib berish, telegram botlar uchun hizmat ko'rsatish, telegram botlarning foydalanuvchilarini toplash va ular bilan qayta ishlashda foydalanuvchilarga hizmat ko'rsatishni o'z bo'yniga oladi.

3.2 Hizmat ko'rsatuvchi har qanday yangilanish haqida foydalanuvchilarga xabar berishga majbur. Yangilanishlar rasmiy sahifalarimiz yoki saytimiz orqali foydalanuvchilarga yetkaziladi.

Foydalanuvchining majburiyatlari

4.1 Foydalanuvchi ushbu shartnoma qoidalariga, shartnomani qabul qilgan vaqtdan boshlab qattiy tarzda amal qilishga majbur.

4.2 Foydalanuvchi bizning ma'lumotlardan foydalanganda bizning saytni manba sifatida ko'rsatishga majbur.

4.3 Bizning ma'lumotlardan foydalanganda o'z shaxsiy qo'shimchalarini qo'shishi va boshqa joylarda bizning nomimizdan ma'lumotlarni tarqatishi qattiyan taqiqlanadi.

Foydalanuvchilar bilishi kerak bo'lgan talablar

5.1 Ushbu shartnoma istalgan vaqtda hizmat ko'rsatuvchi tomonidan o'zgartirish yoki qo'shimcha qo'shish huquqiga ega.

5.2 Shartnoma yangilanganda yangi ma'lumotlar Mirinfo.uz rasmiy saytida e'lon qilinadi.

So'ngi yangilanish: 10.02.2024 02:47 UZB